Bugun 14.02.2025 sanada Andijon davlat universiteti qatnashayotgan Erasmus+ DEBSEUz loyihasi bo’yicha navbatdagi yig’ilish Zoom platformasida bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida loyiha rejasida belgilangan ishlarning o’z muddatida bajarilishi va ularning sifati, shuningdek mavjud qiyinchiliklar boyicha taxliliy fikr almashildi. Loyiha hisobidan ajratilgan pul mablag’larining maqsadli sarflanishi va loyiha qatnashchilari tomonidan maqullangan laboratoriya qurilmalarini sotib olish bo’yicha tender elon qilish, hamda shu maqsadda ajratilgan mablag’larning xolati haqida hisobot tinglandi.
Loyiha maqsadi hisoblangan quyosh energetikasi soxasida tashkil etilishi belgilangan bakalavr kurslari bo’yicha bajarilayotgan ishlarning reja asosida bajarilayotganligi o’rganildi. Kurslar doirasidagi yangi o’quv dasturlar bo’yicha resurslarning o’zbek va ingliz tilida tayyorlanish xolati haqida har bir ma’sul OTM vakillari o’z hisobotini eshittirib o’tdi.
ADU professori R. Aliyev loyiha vazifalariga mufiq tayyorlangan “Yangi avlod quyosh elementlari va ularni modellashtirish” nomli monografiya chop etilganligini va ushbu monografiya soxa mutaxasisslarini tayyorlashda qo’l kelishini takidlab o’tdi. Monografiya yangi avlod quyosh elementlarini tayyorlashda katta istiqbolga yondashuvlarni modellashtirish orqali o’rganishga katta yordam beradi. Jumladan teksturalangan kremniy asosli quyosh elementlarini optimallashtirish, perovskite va metal oksidlardan foydalanish, kremniy asosli geteroo’tishli quyosh elementlari modellashtirish, ularning xususiyatlarini tadqiqi qilish bo’yicha muhim bilimlar yoritlgandir.
Shu bilan birga, loyiha asosida yaratilayotgan yangi kitoblar, o’quv qo’llanmalar, Yevropaning hamkor OTMlarida orttirilgan ko’nikmalarni soxa vakillariga yetkazish maqsadida loyihaning web sayti va ijtimoy tarmoqdagi manzillarini targ’ib qilish zarur ekanligi takidlandi.
Shunday qilib, loyihaning sifatini yanada oshirish va uni barcha uchun manfaatli bo’lishi taminlash yuzasidan kelishib olindi.