Andijon davlat universitetida, 2024-yil 27-dekabr kuni, bajarilayotgan Erasmus+ DEBSEUZ loyihasi bo’yicha navbatdagi muhim amaliy tadbir o’tkazildi.
Universitetimizning Kondensirlangan holat fizikasi kafedrasi muduru, dotsent A. Kurbonov, hamda professor R. Aliyev 2024 yil noyabr oyida DEBSEUZ loyihasi asosida Portugaliyaning Evora universitetida tashkil etilgan malaka oshirish kursi davomida orttirgan tajribalari to’g’risida ma’ruza o’qidilar.
Tadbirda mazkur kafedraning professor-o’qituvchilari va Andijon shaxridagi quyosh panellarini o’rnatish va ishga tushirishga ixtisoslashgan turli korxonalari turli taqdimot materiallari bilan tanishdilar.
Malaka oshirish kursi davomida olingan soxaga oid dolzarb bilim va yangiliklar tadbir qatnashchilariga tanishtirildi. Zamonaviy termal energiyani saqlash tizimlari, quyosh elementlari va elektr energiyasini saqlash tizimlari, energiyani saqlash metodlari va qurilmalari, alternativ energiya manbalari asosidagi yangi ishlanmalar, juda katta xajmdagi energiyani saqlash tizimlarining mexanik va termodinamik xususiyatlari kabi mavzular tadbir qatnashchilari orasida katta qiziqish uyg’otdi.
Tadbirda ma’ruza qilingan mavzular bo’yicha taqdimotlarni quyidagi havola orqali orqali olish imkoniyati taqdim etildi:
https://drive.google.com/drive/folders/1wQe-Mp0c27DRid40jzplgY1Joi2SRl8D?usp=sharing
Shu bilan birga Loyiha qatnashchilari Portugalida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “Evora shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish”, “Lissabon sharida o’tkazilgan “O’zbekiston kuni” da ishtirok etish”, “Atlantika okeani sohiliga sayohat qilish” haqida taassurotlari bilan o;rtoqlashdilar.
Professor R. Aliev Evora shahri to’g’risida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib, shahar ihchamgina va Rimliklar tomonidan asos solingan Shahar ekanligi, xozirda 60 000 ga yaqin aholi istiqomat qilishini bildirib o’tdi.
Evora shahri Butunjahon UNESCO ro’yhatiga kiritilgan bo’lib, unda ko’plab tarixiy obidalar, jumladan qadimiy Rim harobalari, ko’plab cherkov va monastirlar kabi yodgarliklar saqlanib qolgan.
Evora universiteti bu shahardagi Portugaliya davlat ta’lim muassasasi bo’lib, 2-o’rinda turuvchi tarixiy universitetdir. Bu universitet 1559 yilda kardinal Genri tominidan tashkil etilgan. Hozirda 9000 atrofida talabaga ega universitetda 1600 horijiy talabalar tahsil oladi. 39 yo’nalishda bakalavrlar, 56 mutahassislikda magistrlar, 31 ihtisoslikda falsafa doktorlari tayorlanadi.
Evora universitetining zamonaviy ilmiy poligoni tashrif ishtirokchilarida kata qiziqish uyg’otdi. Bu polygon shahardan 10 km masofada joylashgan. U yerda 2 yo’nalishda amaliy tadqiqotlar olib boriladi. Ulardan biri atrof muhitni mihofaza qilish, biotexnologiyalar va chorvachilikka ihtisoslashgan. Ikkinchisi esa, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida quyosh-issiqlik va fotoelektrik energiyadan foydalanishni rivojlantirishga ihtisoslashgan.
Tashrif ishtirokchilari safar davomida Portugaliyaning poytaxti Lissabon shahrida o’tkazilgan “O’zbekiston milliy madaniyati kuni” tadbirida ishtirok etidilar. O’zbekiston va Portugaliya xalqi orasidagi do’stona munosabatlarni kengaytirishga bag’ishlangan mazkur tadbirda ADU professor o’qituvchilari ham faol ishtirok etdilar.
Lissabon shahrining diqqatga sazovor joylari, futbol stadionlari va Atlantika okeani sohiliga sayohat O’zbekistonlik professor o’qituvchilarda juda foydali taasurotlar qoldirdi.