Andijon davlat universiteti qator xalqaro loyihalarda faol qatnashib kemoqda. Jumlardan, 2024-2026 yillarga mo’ljallangan quyosh energetikasi soxasidagi DEBSEUz loyihasi doirasida ham doimiy ishlar olib borilmoqda. 2024-yil 26-dekabr kuni DEBSEUz loyihasining 2024 yil yakunlariga bag’ishlangan onlayn uchrashuv bo'lib o’tdi. Uchrashuvda 2024 yil davomida bajarilgan ishlar va foydanilmagan imkoniyatlar tanqidiy tahlil etildi. Yig’ilishda barcha milliy va xorijiy hamkor OTM vakillari qatnashib, loyihaning har bir ish paketi doirasida ko’zda tutilgan vazifalar, erishilgan yutuqlar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari o’rganib chiqildi. Xususan, quyosh energetikasi soxasida xodimlar malakasini oshirish, bakalavr ta’lim yo’nalishlarini tashkil etish, tasdiqlash va akkreditatsiyadan o’tkazish, tashkil etiladigan yo’nalishlar uchun kurs materiallarini yaratish, o’quv laboratoriyalari hamda markazlarni tashkil etish va ular uchun qurilmalarni harid qilish jarayonlaring xolati yuzasidan hisobotlar o’rganildi. Loyiha bajarilishining yillik sifat monitoring, rejalarning amalga oshirilishi va erishilgan natijalarni jamoatchilikka keng yoyish ishlari hisoboti ma’sul OTM tomonidan taqdim etildi.
Yig’ilishning turli masalalarga bag’ishlangan bo’limida yakunlangan 2024 yilning may oyida Italiyaning Turin poliyexnika universitetida, noyabr oyida Portugaliyaning Evora universitetida o’tkazilgan malaka oshirish kurslari materiallarini barcha universitetlarda, shu jumladan ADU professor o’qituvchilari e’tiboriga yetkazilishi tartibi tasdiqlandi.
DEBSEUZ loyihasi, Turin Polytexnika universiteti malaka oshirish kursi ishtirokchilari. May, 2024 yil.
DEBSEUZ loyihasi, Evora universiteti malaka oshirish kursi ishtirokchilari. Noyabr, 2024 yil.