
Joriy yilning 20-21-sentyabr kunlari Farg’ona politexnika institutida “Ozbekistonda quyosh energetikasi bo’yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish” DEBSEUz xalqaro loyihasi doirasida "Quyosh energetika sohasida kadrlar tayyorlash: texnologiyalar, uslublar va vositalar"mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Mazkur konferensiyada Portugaliyaning "University of Evora", Ispaniyaning "Polytechnic University of Madrid", Italiyaning "Polytechnic University of Turin" hamda yurtimizdagi qator OTM professorlari va ilmiy izlanuvchilari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Andijon davlat universitetini bir qator izlanuvchi olimlari, doktorant, magistrlari ushbu konferensiyada o’zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan qatnashdi. Shuningdek, Andijon davlat univeritetidan loyiha koordinatori Professor Rayimjon Aliyev Quyosh energetikasi bo’yicha bakalavr yo’nalishlari uchun o’quv dasturlarini yaratish, fanlarni jahon standarti asosida rivojlantirish masalalari haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muammoli masalalar muhokama qilindi:
• Quyosh energiyasini texnologik rivojlantirish istiqbollari;
• Quyosh energiyasidan foydalanishni rivojlantirish sohasidagi innovatsion
• yechimlar;
• Quyosh energiyasiga asoslangan elektr va issiqlik stantsiyalari;
• Quyosh energiyasi tizimlarini modellashtirish, simulyatsiya qilish va prognozlash;
• Quyosh energiyasiga asoslangan energiya tizimlarini rejalashtirish, loyihalash, ishlatish va ularga texnik hizmat ko’rsatish;
• Quyosh energiyasiga asoslangan energiya tizimlari;
• Muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida kadrlar tayyorlashda;
• Yangi texnologiyalar, usullar va vositalar ;
• Muhandislik, fizika, kimyo va ekologiya sohalarida fanlararo bilimlarni birlashtirish.

Konferensiya so’ngida loyiha samaradorligini oshirish, rejalashtirilgan bakalavr dasturlarini sifatli bajarish, o’quv laboratoriya xonalarini tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish markazlarini tashkil etish masalalari bo’yicha kelgusi qadamlar kelishildi.