• +998742138682
  • info@reslab.uz
en

DEBSEUz loyaxasi yuzasidan navbatdagi Zoom yigʻilishi

2024 yilning 19 aprel sanasida DEBSEUz loyixasida qatnashayotgan mahalliy va Yevropa OTMlari vakillari oʻrtasida yana bir muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida toʻrtta asosiy masala muxokama qilindi va har bir masalaga maʼsul OTM vakillari oʻzlarinig taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Loyihani muvaffaqqiyatli boshqarish masalasi (TATU);

Maʼlumotlarni jamlash va xodimlar malakasini rivojlantirish:

Quyosh energetikasi boʻyicha yangi tashkil etiladigan 12 ta bakalavr oʻquv dasturi uchun oʻquv rejalarni rivojlantirish boʻyicha maʼlumot-larni tartiblash (UEVORA);

Oʻquv reja asosida fan dasturlarini rivojlantirish imkoniyatlari taxlili (TIQXMMI);

Italiyaning Turin shahridagi POLITO institutida tashkil etiladigan birinchi uchrashuv boʻyicha fikr va muloxazalar almashish (POLITO);

Zamonaviy laboratoriya va tajriba markazlarini tashkil etish (ADU):

Loyiha mablagʻlari yordamida olinadigan laboratoriya qurilmalari roʻyxatini maqullash (ADU);

Qurilmalarni sotib olish boʻyicha tender jarayonini tashkil etish (ADU);

Loyiha haqida maʼlumotlarni jamiyatga keng tarqatish rejalari:

Loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar va tashkil etilayotgan tadbirlarni yoritib borish jarayonining taxlili (FarPI);

Loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar va tashkil etilayotgan tadbirlarni yoritib borish boʻyicha kelgusi rejalar(FarPI).

Uchrashuv davomida loyihani muvaffaqqiyatli rivojlantirish yoʻlida mavjud muammolarni birgalikda yechish boyicha kerakli yechimlar topildi va kelgusi vazifalar boʻyicha rejalar taqdim etildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari loyiha koordinatori sifatida ushbu uchrashuvning maqsad va unda belgilangan reglament bilan tanishtirmoqda.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti vakillari tomonidan oʻquv rejalarni ishlab chiqish boʻyicha taxlil va takliflar bildirib oʻtilmoqda.

Fargʻona politexnika instituti vakillari tomonidan loyiha doirasidagi maʼlumotlarni ommaga keng yoyish ishlarining olib borilshi va kelgusi rejalar haqida taqdimot jarayoni.

Loyiha qatnashchilari tomonidan fikr va mulohazalar almashish jarayoni.