2024-yilning 14-mart sanasida DEBSEUz loyihasida qatnashuvchi milliy OTM vakillari oʻrtasida ZOOM platformasida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda har bir OTM tomonidan qaysi fanlardan oʻquv dasturlar va sillabuslar ishlab chiqilishi, oʻquv dasturlarni ishlab chiqishdagi muhim masalalar haqida kelishib olindi. Har bir mahalliy OTM ikkitadan fan dasturlarini ishlab chiqishi va ularga loyihada qatnashayotgan Yevropa OTMlari maslahatchi sifatida ish olib borishi belgilab olindi.
Shuningdek, barcha milliy OTMlarda quyosh energetikasi mutaxassisligini oʻqitishda talabalarning amaliy bilim va koʻnikmalarini zamonaviy texnologiyalar, oʻlchash uskunalari asosida oshirish maqsadida oʻquv laboratoriyalarini boyitish masalari taxlil qilindi. Oʻquv laboratoriyalari uchun loyiha grant mablagʻlari hisobidan olinadigan qurilmalar, oʻlchash uskunalari va ularning darslarni tashkil etishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Quyidagi jadvalda tashkil etiladigan fanlar va ularni ishlab chiqish uchun masʼul OTM va yevropaning maslahatchi OTMlari haqida maʼlumot keltirilgan.
№ | Name of cources | Responsible HEI | Consulting HEI |
---|---|---|---|
1 | Technological measurements and instruments of the industry 6 ects (Lab) | TUIT | POLITO |
2 | Electronic technical materials and elements 6 ects | KSU | |
3 | Electrical technological devices 6 ects | TUIT | |
4 | Solar Power 6 ects | TIIAME | |
5 | Optical and physical properties of semiconductor materials 6 ects (Lab) | ASU | UEVORA |
6 | Design of energy devices and stations based on alternative energy meanings 6 ects (Lab) | TIIAME | |
7 | Hybrid solar power plants 6 ects | ASU | |
8 | Production, transmission and distribution of electrical energy 6 ects (Lab) | FerPI | |
9 | Solar thermal devices and systems 6 ects (Lab) | FerPI | UPM |
10 | Technology for the preparation of solar elements, photoelectric batteries and their component devices 6 ects (Lab) | JPI | |
11 | Energy storage methods and devices 6 ects (Lab) | KSU | |
12 | Design of new technical developments based on alternative energy meanings 6 ects | TPU |