2024-yilning 22-yanvar sanasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ERASMUS+ dasturi doirasida xalqaro loyiha ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligi, ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining birinchi uchrashuvi hamda loyihaning ochilish marosimi (Kick-off meeting) boʻlib oʻtdi.
Tadbirda loyihaning maqsadlari, uning istiqbolini taminlash boʻyicha quyidagi qator masalalar muhokama etildi:
– Bakalavr bosqichi uchun yangi dasturlarini ishlab chiqish;
– Quyosh energeyasi mutaxassisligi boʻyicha bakalavr talabalarini oʻqitish uchun innovatsion laboratoriyalarni yaratish;
– Loyiha barqarorligini taʼminlash;
– Sifat nazorati va monitoringini yuritib boorish;
– Loyihaning kommunikatsiyasi, yangiliklari va imijini keng yoyish;
– Moliyaviy boshqaruvdagi muammolar va ularni birgalikda bartaraf etish.