• +998742138682
  • info@reslab.uz
en

DEBSEUz loyihasi haqida

2023-yilning 2-noyabr sanasidan Andijon davlat universitetida yangi xalqaro loyiha - “DEBSEUz” start oldi!

“DEBSEUz” xalqaro loyihasi doirasida Yevropa universitetlari tajribasiga tayangan holda bakalavr bosqichi uchun 12 ta yangi fan dasturlari yaratiladi va 7 ta Oʻzbekiston OTMlarida 1 tadan innovatsion laboratoriyalar tashkil etiladi. Shuningdek, yillik oʻquv-ilmiy konferensiyalar oʻtkaziladi hamda 69 nafar oʻqituvchi-mutaxassislar Yevropadagi hamkor universitetlarda malaka oshiradilar.

Loyihaning asosiy maqsadi: Oʻzbekistonda “Quyosh energetikasi” yoʻnalishida bakalavrlar tayorlash va mutaxassislarni kasbiy qayta tayyorlash boʻyicha innovatsion oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqish hisoblanadi. Natijada Muqobil energiya manbalari (Quyosh energetikasi) yoʻnalishida quyidagi ikkita ixtisoslik boʻyicha bakalvr mutaxassislar tayyorlanishiga erishiladi:

1. Quyosh energetikasi muxandisligi

2. Quyosh energetikasi tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish.

Maʼlumot oʻrnida, Yevropa ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida “Oliy taʼlim potentsialini oshirish” yoʻnalishida 2023-yilda oʻtkazilgan xalqaro tanlovda universitetimiz tomonidan milliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda taqdim etilgan “101128871 - DEBSEUz - ERASMUS-EDU-2023-CBHE. Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan” mavzusidagi loyiha gʻolib deb topilgan edi.

Universitetning “Umumiy fizika” kafedrasi va “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” laboratoriyasi jamoasini bunday katta gʻalaba bilan tabriklaymiz! Loyihada koʻzlangan maqsadlarga erishishlarida ijodiy zafarlar tilaymiz!