• +998742138682
  • info@reslab.uz
en

MALAZIYANING XALQARO ISLOM UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI O’RNATILMOQDA

 

Oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri 2025-yilning 4-fevral kuni Malayziyaning Perak shtatida ta’lim sohasidagi yangi istiqbollarni ochish hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va global ta’lim tizimiga integratsiya qilish maqsadida, “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida ishtirok etishdi. Ushbu forumda qatnashish

Ushbu davlatlar o‘rtasida ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Natijada, ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va o‘zaro manfaatli loyiha-dasturlarni amalga oshirish maqsadida, oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama memorandum imzolandi. Shu munosabat bilan o‘tgan haftada Malaziyaning Kuala Lumpur shaxrida joylashgan Xalqaro Islom universiteti Muxandislik fakulteti, Muxandislik kafedrasi professori Oxunov Abdurahim Abduraxmonovich Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Universitet rektori B.B.Akbaraliev professor A. Oxunov bilan suhbatlashib, Andijon davlat universiteti va Malaziya Xalqaro Islom universiteti o’rtasida ilm-fan va ta’limga oid istiqbolli hamkorlik qilish, zamonaviy bilimlarni professor-o‘qituvchilar orasida almashish hamda birgalikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kelishib oldilar.

A. Oxunov professor R. Aliev hamkorligida Andijon davlat universitetida tashkil etilgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ilmiy laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishdi.

Bundan tashqari Fizika va texnika fakultetida Fizika yo’nalishi 3-kurs 3F1 guruhi talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘lib, talabalar Malaziya oliy ta’lim muassalariga magistratura va doktoranturaga kirib o’qishlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Professor A.Oxunov Andijon davlat universitetida ham mehnat faoliyatini olib boradigan bo’ldi, ya’ni “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” mutaxassisligi 1- kurs magistrantlariga ma’ruza mashg’ulotlarini olib borishga rozilik bildirdi.

Andijon davlat universiteti va Xalqaro islom universiteti hamkorligida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ilmiy laboratoriyasi bilan birgalikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo’yicha ishlar rejasi tuzildi.

2025-yil 21-fevral kuni Malaziyaning Kuala Lumpur shaxrida joylashgan Xalqaro Islom universiteti Muxandislik fakulteti, Muxandislik kafedrasi dotsenti Oxunov Abdurahim Abduraxmonovich Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Universitet rektori B.B.Akbaraliev mehmon A. Oxunov bilan suhbatlashib, Andijon davlat universiteti va Malaziya Xalqaro Islom universiteti oʻrtasida ilm-fan va taʼlimga oid istiqbolli hamkorlik qilish, zamonaviy bilimlarni professor-oʻqituvchilar orasida almashish hamda birgalikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishib oldilar.

A. Oxunov professor R.Aliev tashkil etgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ilmiy laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishdi.

Bundan tashqari Fizika va texnika fakultetida Fizika yoʻnalishi 3-kurs 3F1 guruhi talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv savol-javoblarga boy boʻlib, talabalar Malaziya oliy taʼlim muassalariga magistratura va doktoranturaga kirib oʻqishlari yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

A.Oxunov Andijon davlat universititda ham mehnat faoliyatini olib boradigan boʻldi, yaʼni “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” mutaxassisligi 1- kurs magistrantlariga maʼruza mashgʻulotlarini oʻtadigan va Kondensirlangan muhitlar fizikasi kafedrasiga 0.25 meʼyor dotsent lavozimiga ishga qabul qilinadigan boʻldi.

Loyiha bilan yaqindan tanishish va uning yangiliklaridan habardor bo’lib borish uchun:

Web sayt:

Ijtimoiy tarmoqlarda: