• +998742138682
  • info@reslab.uz
en

Madridda yangi bilimlar, Andijonda amaliyot: DEBSEUz doirasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

 

Erasmus+ dasturining “Oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan DEBSEUz (Development of Bachelor Study Programs in Renewable Energy in Uzbekistan) loyihasi doirasidagi navbatdagi xalqaro o‘quv mashg‘ulotlari Ispaniyaning Universidad Politécnica de Madrid (UPM) universitetida tashkil etildi.

Mazkur bosqich doirasida Universidad Politécnica de Madrid (UPM) universitetining zamonaviy texnik bazasi bilan tanishish, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar, muqobil energiyaga asoslangan texnik yechimlar, ekologik barqarorlik masalalari hamda quyosh panellarini takomillashtirishga oid seminar va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

Ushbu tajriba almashinuvi jarayonida Italiyaning Politecnico di Torino, Portugaliyaning UEVORA, Ispaniyaning UPM kabi Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning nufuzli muhandislik oliygohlari qatorida Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida yangi bakalavriat yo‘nalishlarini ishlab chiqish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish, quyosh energiyasi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish, zamonaviy laboratoriyalar va trening markazlarini yaratish, loyiha boshqaruvi, sifat monitoringi va natijalarni jamoatchilikka yetkazish yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, Andijon davlat universiteti vakillari loyiha doirasida xarid qilinishi rejalashtirilgan qurilmalarining funksional imkoniyatlari va amaliy ahamiyatiga oid taqdimot bilan ishtirok etdilar. ADU tajribasi asosida taklif etilgan mazkur texnik vositalar Italiyaning Turin politexnika universiteti professorlari tomonidan ijobiy baholanib, barcha hamkor oliy ta’lim muassasalariga tavsiya etildi. Hozirda ushbu qurilmalarning katta qismi universitetimizga yetkazilgan bo‘lib, yangi o‘quv yilidan boshlab laboratoriya mashg‘ulotlarida samarali foydalanilishi rejalashtirilgan.

Loyiha bilan yaqindan tanishish va uning yangiliklaridan habardor bo’lib borish uchun:

Web sayt:

Ijtimoiy tarmoqlarda: