2025-yilning 18-fevral sanasida Andijon davlat universiteti qatnashayotgan DEBSEUz loyihasi ishtirokchilarining 6-kengaytirilgan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mahalliy va yevropalik hamkor OTM vakillari va loyiha sifatini baholab boruvchi tashqi ekspert ham qatnashdi. Uchrashuvda loyihaning barcha ishchi paketlari va ularda belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi, mavjud qiyinchiliklar va ularning sababalari taxlil etildi.
Loyihaning asosiy maqsadlaridan bo’lgan Quyosh energetikasi soxasida ikkita yangi bakalavr yo’nalisini ochish va mavjud ikkita yo’nalishni modernizatsiya qilish bo’yicha o’quv kurslarini ishlab chiqish, fan sillabuslarini tayyorlash, darsliklarni o’zbek va ingliz tilida tayyorlash ishlarining rejaga muvofiq yuqori sifatda bajarishga erishish yana bir bor takidlandi. Kurs materiallarini ishlab chiqishda biriktirilgan yevropalik hamkon OTM professorlari tavsiyalaridan foydalanish, ularning ilg’or tajriba va ko’nikmalaridan foydalanish zarurligi bildirib o’tildi. O’z navbatida Italiyaning Turin politexnika institute, Ispaniyaning Madrid politexnika unniversiteti, Portugaliyaning EVORA universiteti professorlari kurslar va ular bo’yicha materiallarni ishlab chiqishda samimiy yordamlarini ayamasliklarini bildirib o’tdi.
Har bir mahalliy universitet uchun olinadigan o’quv laboratoriya jixozlari uchun tender elon qilish, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Qoraqalpoq davlat universitetida tashkil etiladigan treyning markazlari uchun fan bazalarini tashkil etish bo’yicha ishlarning borishi o’rganildi. Italiyaning Turin politexnika institute professori Pierluigi Leone bunday treyning markazlari sanoat expertlarining malakasini oshirishda katta istiqbolga ega ekanligini bildirib, qurosh energetikasi sohasida ilmiy hamjamiyat tashkil etishda Italiya tajribasi bilan yaqindan tanishtirishini va bu bo’yicha o’zining qimmatli yordamini taklif etdi.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti vakillari tomonidan tashkil etiladigan bakalavr kurslari uchun fanlarni akkreditatsiyadan o’tkazishga tayyorlash masalasining borishi ham bildirib o’tildi.
Loyihaning mamlakatimizdagi soxa vakillari, talabalar va ilmiy izlanuvchilar uchun manfaatli jihatlarini keng yoyish borasida qilinayotgan ishlar, chop etilayotgan maqolalar va amalaga oshirlayotgan tadbirlarni yoritish uchun loyiha web sayti va ijtimoiy tarmoqdagi manzillaridagi ma’lumotlarni yanada boyitish bo’yicha ishlar kelishildi.
Toshkent Turin politexnika institute boshchiligida loyiha sifatini baholar me’zonlari tanishtirildi. Unga ko’ra barcha ishchi paketning har bir bandi bajarilishi bo’yicha alohida baholash amalaga oshirilayotganligi taqdimot shaklda ko’rsatib o’tildi.
Shunday qilib DEBSEUz loyihasining 6-onlayn yig’ilishi qatnashchilar oldiga yangi vazifalarni belgilab berdi.
Loyiha bilan yaqindan tanishish va uning yangiliklaridan habardor bo’lib borish uchun:
Web sayt: https://debse.uz/en
Ijtimoiy tarmoqlarda: